Immigratsiya maʼlumotlari maxfiyligini buzish shikoyati

Asos

2014-yil 10-fevral kuni Immigratsiya va chegarani muhofaza qilish vazirligi (hozirda Ichki ishlar vazirligi) (Vazirlik) oʻz veb sahifasida shaxsiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan qamoqqa olish boʻyicha hisobotni xato ravishda chop etgan ( Maxfiylik buzilishi).

Hisobot 2014-yil 31-yanvarda immigratsiya qamogʻida boʻlgan barcha 9258 kishi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan edi.

2015-yil 30-avgustda Avstraliya Axborot komissari idorasiga (bundan keyin “AAKI” deb nomlanadi) Vazirlik tomonidan xato ravishda ma’lumotlari chop etilgan barcha insonlar (Sinf a’zolari) nomidan shikoyat tushgan. Shikoyatda Vazirlik kechirim soʻrashi va kompensatsiya berishi soʻralgan.

2018-yil 9-fevralda asl vakolatli shikoyatchining advokati AAKI ga mijozi hayotdan koʻz yumgani haqida ma’lumot berdi. 2018-yil 10-oktabrda, 1988 yilgi Maxfiylik haqidagi qonunning (Maxfiylik qonuni) 38B(1) bandiga asosan, Komissar asl vakolatli shikoyatchini boshqa Sinf a’zosi (vakolatli shikoyatchi) bilan almashtirish haqida qaror chiqardi. Slater and Gordon firmasi vakolatli shikoyatchi nomidan ish yuritadi. Slater and Gordon firmasi haqida ma’lumot ularning veb-sahifasida mavjud.

2018-yil 24-yanvar kuni Komissar agar sinf a’zolari maxfiylik buzilishi natijasida zarar koʻrgan deb hisoblasa va bu zararni qoplash uchun kompensatsiya olish imkoniyatiga ega boʻlishni xohlasa, ular bunday holatda zarar haqida ma’lumotlarni AAKI ga 2018 yil 19 aprel kuni soat 16:00 gacha topshirishlari lozimligi haqida bildirgi (Bildirgi) chiqardi.

Bildirgiga javob berish uchun muddat 2018-yil 19-oktabrgacha uzaytirilgan. AAKI ba’zi sinf a’zolariga muddatni yanada uzaytirish imkoniyatini berdi va ma’lumotlar topshirilgan sana 2019-yil 22-aprel kuni yakunlandi.

Qaror

2021 yil 11 yanvar kuni Komissar Maxfiylik qonuni 52-moddasi asosida qaror (Qaror) chiqardi.

Qaror quyidagilarni aniqladi:

  • Maxfiylik buzilishi natijasida Vazirlik individual shaxslarning maxfiyligiga aralashgan harakatni amalga oshirgan; va
  • Bildirgiga javoban ariza kiritgan va/yoki zarar koʻrgani haqida dalil joʻnatgan Sinf a’zolari (Ishtirok etuvchi sinf a’zolari)ga Komissar tomonidan belgilangan ravishda kompensatsiya toʻlanadi.

Komissar Ishtirok etuvchi sinf a’zolariga quyidagi jadvalda (1-Jadval) koʻrsatilgan toifalarga koʻra kompensatsiya toʻlanishini belgiladi.

1-Jadval

Sinf a’zolari tomonidan koʻrilgan zarar toifasi va kompensatsiyaning namunaviy jadvali

Maʼnaviy zarar toifasi

+ Moddiy zarar

(Individual vaziyatga qarab hisoblanadi)

0

Shaxs ariza kiritmagan va/yoki Maxfiylik buzilishi oqibatida zarar koʻrgani haqida dalil joʻnatmagan

 

1

Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan umumiy xavotir, qoʻrquv, tashvish yoki mushkullik

 

2

Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan oʻrtacha tashvish, qoʻrquv, ogʻriq va azob-uqubat, qaygʻu yoki kamsitish oqibatida uyquni yoʻqotish yoki bosh ogʻrigʻi kabi yengil fiziologik alomatlar kelib chiqishi  va natijada shifokor bilan maslahatlashishga olib kelishi mumkinligi

 

3

Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan qattiq yoki uzoq muddatli tashvish, qoʻrquv, ogʻriq va azob-uqubat, qaygʻu yoki kamsitish oqibatida fiziologik yoki boshqa zarar kelib chiqishi va natijada umumiy shifokor tomonidan davolash kursi belgilanishiga olib kelishi mumkinligi

 

4

Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan ruhiy salomatlik holatining kuchayishi oqibatida davolash uchun ruhiy salomatlik shifokoriga yoʻllanma berilishiga olib kelishi mumkinligi

 

5

Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan juda katta zarar

 

Iqtisodiy bo’lmagan zarar toifalari

Toifa 0: $0

Toifa 1: $500 - $4000

Toifa 2: $4001 - $8000

Toifa 3: $8001 - $12 000

Toifa 4: $12 001 - $20 000

Toifa 5: > $20,000

1-Jadval maʼnaviy zararlar uchun kompensatsiyani hisoblashda yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Bu jadval moddiy zararlar uchun kompensatsiyani hisoblashda yordam berish uchun moʻljallanmagan. Moddiy zarar Maxfiylik buzilishidan zarar kelib chiqqanini da’vo qilgan va bu zarar uchun dalil koʻrsatgan Ishtirok etuvchi sinf a’zolariga toʻlanadi. Moddiy zarar uchun toʻlov miqdori individual vaziyatga qarab hisoblanadi.

Qaror Maxfiylik buzilishidan kelib chiqqan zarar  kompensatsiyasi uchun Ishtirok etuvchi sinf a’zolarining da’volariga baho berish va yakunlashda Vazirlik tomonidan ishlatilishi kerak boʻlgan jarayonni belgilaydi.

Qisqacha bayon qilinganda, jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Vazirlik kiritilgan arizalar va/yoki koʻrilgan zararni tasdiqlovchi dalilar asosida va sinf a’zolari da’volarini aks ettirish va iqtisodiy boʻlmagan zarar uchun kompensatsiya miqdorini belgilashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan toifalar jadvali asosida har bir Ishtirok etuvchi sinf a’zosi uchun kompensatsiya miqdorini belgilaydi.
  • Vazirlik taklif qilinayotgan kompensatsiya miqdori va tegishli dalillar haqida Ishtirok etuvchi sinf a’zosi yoki vakiliga xabar beradi va miqdor masalasida ularning roziligini soʻraydi.
  • Vazirlik va Sinf a’zosi kompensatsiya miqdori masalasida kelisha olmasa, Vazirlik kompensatsiya miqdorini qayta baholashi mumkin, va Ishtirok etuvchi sinf a’zosi yoki vakilining qayta kʻorib chiqilgan kompensatsiya miqdori masalasida roziligini soʻraydi.
  • qayta baholashdan soʻng Ishtirok etuvchi sinf a’zosi Jadvaldagi qaysi toifaga tegishli ekanligi masalasida taraflar kelishuvga erisha olmasa, va har ikki tarafning turlicha qarashlarga ega dalillari mavjud boʻlsa, qoʻshimcha ma’lumot ekspert xulosasi orqali olinadi, Ishtirok etuvchi sinf a’zosi javobgarning baholashiga baholashni olgandan soʻng 28 kun ichida javob bermagan, yoki qayta baholashiga (agar qayta baholash boʻlsa) qayta baholashni olgandan soʻng 28 kun ichida javob bermagan holatlardan tashqari. Vazirlik shuningdek dastlabki baholashdan soʻng har qanday vaqtda masalani ekspert baholashiga berishi mumkin.

Jarayon tugaganida hal boʻlmagan har qanday da’volar uchun kompensatsiya miqdorini Komissar belgilaydi.

Komissar ariza kiritmagan va/yoki belgilangan muddatda AAKI ga koʻrilgan zararning dalilini joʻnatmagan va Sinf a’zosi boʻlishni rad etmagan Sinf a’zolari maxfiylik buzilishi oqibatida zarar koʻrganini isbotlamagan deb qaror qiladi va bu shaxslar masalasida har qanday boshqa harakat maqsadga toʻgʻri kelmaydi deb qaror qiladi.

Koʻp beriladigan savollar

Qaror menga qoʻllanilishi mumkinligiga amin emasman

Agar siz 2014-yil 31-yanvar kechasi soat 12 da Avstraliya qit’asi yoki Rojdestvo orolida immigratsiya qamogʻida boʻlgan boʻlsangiz va Vakolatli shikoyatining bir qismi boʻlishni rad etmagan boʻlsangiz, Qaror ‘Sinf a’zosi’ sifatida sizga ham ta’sir qiladi.

Sinf a’zolari 2014-yil-31 yanvar kechasi soat 12 da immigratsiya qamogʻi yoki boshqa ushlab turish joylarida saqlangan 5867 shaxsni (jumladan, qit’adagi immigratsiya qamogʻida boʻlgan 3967 shaxs va Rojdestvo orolidagi immigratsiya qamogʻida boʻlgan 1900 shaxs), hamda jamiyatda vaqtinchalik yashash ruxsati asosida yashovchi 3391 shaxsni oʻz ichiga oladi.

Barcha sinf a’zolariga kompensatsiya toʻlanadimi?

Yoʻq.

Bildirgiga javoban ariza kiritgan va/yoki Maxfiylik buzilishi oqibatida zarar koʻrgani haqida dalil topshirgan Sinf a’zolariga Komissar tomonidan belgilangan ravishda kompensatsiya toʻlanadi.

Ariza kiritmagan va/yoki belgilangan muddatda AAKI ga koʻrilgan zararning dalilini joʻnatmagan va Sinf a’zosi boʻlishni rad etmagan Sinf a’zolari maxfiylik buzilishi oqibatida zarar koʻrmagan hisoblanadi. Shuning uchun ularga kompensatsiya toʻlanmaydi.

Menga kompensatsiya toʻlanishini qanday bilaman?

Bildirgiga javoban ariza kiritgan va/yoki Maxfiylik buzilishi oqibatida zarar koʻrgani haqida dalil kiritgan Sinf a’zolariga Komissar tomonidan belgilangan ravishda kompensatsiya toʻlanadi.

Agar siz bu Ishtirok Etuvchi sinf a’zolaridan boʻlsangiz, Vazirlik sizga da’voingizni baholash masalasida xat joʻnatadi va sizga uni qabul qilish yoki rad etish imkoniyatini beradi.

Agar siz Komissar tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadigan kompensatsiyani olishga haqli boʻlgan Sinf a’zosi ekanligingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, siz AAKI ga elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin - enquiries@oaic.gov.au.

Keyingi qadamlar qanday?

Isthtirok etuvchi sinf a’zosi boʻlsangiz, keyingi qadam - bu Vazirlik sizga quyidagilarni tushuntirish uchun xat joʻnatishi boʻladi:

  • 1-Jadvalga asosan sizning zarar uchun da’voingiz qaysi toifaga toʻgʻri kelishi haqida baholashi
  • Sizning ma’naviy va va/yoki moddiy zararingiz uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdorini baholashi
  • baholash uchun asoslari, va
  • Vazirlikning baholashi bilan rozi yoki noroziligingizni ifoda qilish uchun toʻldirishingiz kerak boʻladigan shakl.

Vazirlikning baholashini olganingizdan keyin siz 28 kun ichida javob berishingiz kerak. Agar sizga koʻproq vaqt kerak boʻlsa, muddatni uzaytirish uchun Vazirlikka murojaat qiling.

Agar men Vazirlik baholashiga rozilik bildirsam nima qilaman?

Agar siz da’voingiz uchun kompensatsiya miqdorining Vazirlik tomonidan baholanishiga rozi boʻlsangiz, sizga Vazirlik tomonidan berilgan javob shaklini toʻldirishingiz mumkin. Javob shaklida siz Vazirlik baholashiga rozi ekanligingizni ta’kidlab oʻtishingiz kerak va shu holatda Vazirlik kelishilgan pul miqdorini oqilona muddat ichida siz bergan bank hisob raqamingizga oʻtkazadi. Koʻpincha bu qoplash majburiyatlari masalasida tegishli holatda Medicare tomonidan tasdiqlanishiga qarab, kelishuvga erishilgandan soʻng 14 kun ichida amalga oshiriladi.

Sizga ko’ʻrsatilgan lekin Medicare tomonidan toʻlangan ba’zi professional xizmatlar masalasida pulni qoplash va xabar berish majburiyatlari paydo boʻladi. Batafsil ma’lumot quyida berilgan. Beriladigan kompensatsiya, shuningdek, siz olayotgan Centrelink toʻlovlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Siz shaklni Vazirlikning baholashini olganingizdan keyin 28 kun ichida Vazirlikka joʻnatishingiz kerak.

Agar men Vazirlik baholashiga rozilik bildirmasam nima qilaman?

Agar siz da’voingiz uchun kompensatsiya miqdorining Vazirlik tomonidan baholanishiga rozi boʻlmasangiz, sizga Vazirlik tomonidan berilgan javob shaklini baholashni rad etganingizni aytib oʻtgan holda toʻldirishingiz kerak. Siz shaklni Vazirlikning baholashini olganingizdan keting 28 kun ichida Vazirlikka joʻnatishingiz kerak.

Koʻp holatlarda Vazirlik da’voingiz uchun kompensatsiya miqdorini qayta koʻrib chiqadi va baholashni qabul qilish yoki rad etish uchun yana bir imkoniyat beradi. Ba’zi holatlarda, Vazirlik qayta baholash oʻrniga ekspert baholashi uchun joʻnatishi mumkin. Siz Vazirlikning qayta baholashini olganingizdan keyin 28 kun ichida qabul qilishingiz yoki rad etishingiz kerak. Yana, agar qayta baholashni koʻrib chiqish uchun sizga koʻproq vaqt kerak boʻlsa, muddatni uzaytirish uchun Vazirlikka murojaat qiling

Agar siz Vazirlikning qayta baholashini 1-Jadvaldagi toifaga belgilanishga norozilik asosida rad etsangiz va har tarafning fikrini tasdiqlovchi dalillar koʻrsatilgan boʻlsa, vaziyat ekspert tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin. Ba’zi holatlarda, Vazirlik sizning da’voingizni qayta baholash oʻrniga ekspert baholashi uchun joʻnatishi mumkin.

Agar men Vazirlik baholashi yoki qayta baholashiga javob bermasam nima boʻladi?

Siz uchun muddat uzaytirilmagan holatda, agar siz Vazirlik baholashiga bu baholashni olgandan keyin 28 kun ichida javob bermasangiz yoki siz Vazirlik qayta baholashiga (agar qayta baholansa) bu qayta baholashni olgandan keyin 28 kun ichida javob bermasangiz, Vazirlik AAKI ga siz javob bermaganingiz haqida ma’lumot beradi va Komissar siz oladigan kompensatsiya miqdorini belgilaydi.

Ekspert baholashi nima?

Ekspert baholashi - bu mustaqil uchinchi taraf boʻlgan ekspert tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir. Ekspert oʻzining malakasi va bilimidan foydalanib, taraflar tomonidan taqdim etilgan dalillar asosida baholashni amalga oshiradi.

Ekspert(lar) qanday tanlanadi?

Ekspert(lar) mustaqil boʻladi va AAKI tomonidan belgilangan vazifani amalga oshirish uchun munosib mutaxassislik va tajribaga ega boʻladi.

Ekspert(lar) Vazirlik va Slater and Gordon (birlgalikda “taraflar”) tomonidan tanlanadi. Taraflar ekspertni tanlaganidan soʻng, taraflar AAKI ga ekspert(lar)ning ismlari, mutaxassislik va tajribasi tafsilotlari hamda nima sababdan ular munosib ekanliklarini Axborot Komissari tasdiqlashi uchun joʻnatishadi.

Ekspert baholashini qanday amalga oshiradi?

Ekspert bu yerda keltirilgan Komissarning qarorida belgilangan moddiy va maʼnaviy zararlarni baholash mezonlaridan foydalanib tavsiya beradi.

Ekspert Ishtirok etuvchi sinf a’zosi tomonidan da’vo qilingan moddiy va maʼnaviy zararlar uchun miqdor belgilaydi. Maʼnaviy zararlar uchun miqdor ekspert tomonidan 1-Jadval asosida belgilanadi.

1-Jadval maʼnaviy zararlar uchun kompensatsiyani hisoblashda yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Bu jadval moddiy zararlar uchun kompensatsiyani hisoblashda yordam berish uchun moʻljallanmagan. Moddiy zarar uchun toʻlov miqdori individual vaziyatga qarab hisoblanadi.

Ekspert baholash qogʻozda amalga oshiriladi. Ekspert ishtirok etuvchi sinf a’zosiga beriladigan miqdor masalasida quyidagilar asosida tavsiya beradi:

  • Bildirgida koʻrsatilgan muddatdan avval AAKI ga Ishtirok etuvchi sinf a’zosi tomonidan topshirilgan ariza va/yoki koʻrilgan zarar haqida dalillar
  • Vazirlik baholashi va asoslari
  • Vazirlik qayta baholashi (agar qayta baholansa) va asoslari
  • Ishtirok etuvchi sinf a’zosi javob shaklida boʻlgan har qanday ma’lumot

Ekspert oʻz tavsiyasi va asoslarini bevosita AAKI ga va nusxasini taraflarga joʻnatadi.

Ekspert oʻz baholashini amalga oshirishidan avval yoki keyin men qoʻshimcha ariza yoki dalil topshirishim uchun imkoniyat boʻladimi?

Yoʻq

Taraflar ekspertga qoʻshimcha ariza yoki dalillarni ogʻzaki yoki yozma ravishda topshirishiga imkoniyatlari boʻlmaydi.

Ekspert baholashi biz uchun majburiymi?

Yoʻq.

Baholash tavsiya tariqasida beriladi va taraflar uchun majburiy emasdir.

Menga ekspert baholashini tan olish yoki rad etish imkoniyati beriladimi?

Ha.

Ekspert baholashiga qoʻshimcha ariza yoki dalil topshirish imkoniyati boʻlmaydi. Lekin, sizga ekspert baholashini tan olish yoki rad etish imkoniyati beriladi.

Men ekspert baholashiga rozilik bildirsam nima boʻladi?

Agar siz ekspert baholashiga rozi boʻlsangiz, siz Vazirlikka roziligingizni bildirishingiz lozim. Agar Vazirlik ham rozi boʻlsa, Vazirlik kelishilgan miqdordagi pulni oqilona davr ichida toʻlab beradi. Koʻpincha bu qoplash majburiyatlari masalasida tegishli holatda Medicare tomonidan tasdiqlanganishiga qarab kelishuvga erishilgandan keyin 14 kun ichida amalga oshiriladi.

Sizga koʻrsatilgan lekin Medicare tomonidan toʻlangan ba’zi professional xizmatlar masalasida pulni qoplash va xabar berish majburiyatlari paydo boʻladi. Batafsil ma’lumot quyida berilgan.

Men yoki Vazirlik ekspert baholashiga rozilik bildirmasak, unda nima boʻladi?

Agar siz ekspertning da’voingizni baholashiga rozi boʻlmasangiz, siz bu haqida Komissarga bildirishingiz lozim. Muqobil ravishda, Vazirlik ekspertning da’voingizni baholashiga rozi boʻlmasligi mumkin. Ikkala holatda ham da’voingiz uchun kompensatsiya miqdorini Komissar belgilaydi. Bu iloji boricha tez amalga oshiriladi, lekin qaror chiqarilgan kundan 12 oydan ortib ketmaydi .

Qarordan soʻng, Vazirlik Komissar tomonidan belgilangan toʻlov miqdorini oqilona davr ichida toʻlab beradi. Koʻpincha bu qoplash majburiyatlari masalasida tegishli holatda Medicare tomonidan tasdiqlashiga qarab qaror haqida xabarnoma olingandan keyin 14 kun ichida amalga oshiriladi.

Vakolatli shikoyatchining vazifasi qanday?

Vakolatli shikoyatchi AAKI ga shikoyatni sinf a’zolari nomidan joʻnatdi va ularning manfaatlarini himoya qiladi. Slater and Gordon vakolatli shikoyatchi nomidan ish yuritadi.

Vakolatli shikoyatchi butun sinf a’zolari ishini boshqarishda ishtirok etgan va etadi, masalan, ekspertlarni Vazirlik bilan birgalikda tanlash va Ishtirok etuvchi sinf a’zolariga xatlar shaklini tayyorlash, ammo vakolatli shikoyatchi har bir individual da’vo hal qilinishida ishtirok etmaydi.

Vazirlikning vazifasi nima?

Vazirlikning vazifalari quyidagilar:

  • da’vo 1-Jadvalning qaysi toifasiga toʻgʻri kelishini aniqlash
  • da’vo uchun toʻlanadigan kompensatsiya miqdori masalasida taklif kiritish
  • Har bir Ishtirok etuvchi sinf a’zosi bilan kompensatsiya miqdori masalasida kelishuvga yetish
  • o’zi xohlagan taqdirda da’voning bahsli baholashini qaytadan amalga oshirish
  • Vakolatli shikoyatchi bilan birgalikda ekspert(lar)ni tanlash, va ekspert(lar)ni Komissar tasdigʻi uchun taqdim qilish
  • ba’zi holatlarda sinf a’zolari bilan ekspert baholashini amalga oshirish
  • hal etilmagan da’volar masalasida AAKI ga ma’lumot berish.

Komissarning vazifasi nima?

Komissar jarayonni nazorat qiladi va hal etilmagan da’volar uchun toʻlanadigan kompensatisya miqdorini belgilaydi.

Jarayonni nazorat qilishda Komissar Ishtirok etuvchi sinf a’zosi Qaror asosida toʻlov olish huquqiga ega boʻlishini belgilash yoki Ishtirok etuvchi sinf a’zosining toʻlovga huquqi haqidagi har qanday nizoni hal qilish masalasida adolatli deb hisoblagan qoʻshimcha koʻrsatmalar berishi (agar boʻlsa) mumkin.

Avval olingan Medicare manfaatlari kompensatsiya toʻloviga qanday ta’sir qiladi?

Sizga koʻrsatilgan lekin Medicare tomonidan toʻlangan ba’zi professional xizmatlar masalasida pulni qoplash va xabar berish majburiyatlari paydo boʻladi. Batafsil ma’lumot quyida berilgan.

Agar Maxfiylik buzilishi natijasida sizga berilgan kompensatsiya miqdori $5000 dan oshsa va siz Medicare kartasiga ega boʻlsangiz, sizga har qanday kompensatsiya toʻlanishidan avval siz Medicaredan olingan Oldingi imtiyozlar toʻgʻrisida bildirgi olishingiz kerak boʻladi. Oldingi imtiyozlar toʻgʻrisida bildirgi olishda birinchi qadam bu Medicaredan foydalanish tarixi bayonotini soʻrashdir. Siz Medicaredan foydalanish tarixi bayonotini quyidagi veb sahifaga kirish orqali soʻrashingiz mumkin: https://www.servicesaustralia.gov.au/individuals/forms/mo026.

Kompensatsiya men olayotgan Centrelink toʻlovlariga ta’sir qiladimi?

Kompensatsiya berilishi siz olayotgan har qanday Centrelink toʻlovlariga ta’sir qilishi mumkin. Agar siz Centrelink toʻlovlarini olayotgan boʻlsangiz, siz Centrelinkga 1800 777 653 raqami yoki 131 202 (Koʻp tilli telefon xizmati) raqami orqali qoʻngʻiroq qilib sizning shaxsiy holatingizga ta’siri haqida maslahat olishingiz mumkin.

Men qayerdan bepul yordam olishim mumkin?

Agar Victoriada yashasangiz:

YOKI

Qochqinlar uchun huquqiy yordam markazi

E-POCHTA: refugeelegal@refugeelegal.org.au

TELEFON: (03) 9413 0100

Chorshanba yoki juma

10:00 – 14:00

Boshpana soʻrovchilar resurs markazi

E-POCHTA: legal_triage@asrc.org.au

TELEFON: (03) 9274 9827

Dushanba yoki payshanba

14:00 – 16:00

Agar siz New South Wales yoki Australian Capital Territoryda yashasangiz yoki Queenslandda qamoqda boʻlsangiz:

Qochqinlarga maslahat va hayot sharoitlarini oʻrganish xizmati (Aust) Inc.

E-POCHTA: admin@racs.org.au

TELEFON: (02) 8355 7227

Agar siz South Australia yoki Tasmaniada yashasangiz:

Qochqinlar uchun huquqiy yordam markazi E-POCHTA: refugeelegal@refugeelegal.org.au

TELEFON: (03) 9413 0100

Chorshanba yoki juma

10:00 – 14:00

Agar siz Northern Territoryda yashasangiz:

Qochqinlar uchun huquqiy yordam markazi

E-POCHTA: refugeelegal@refugeelegal.org.au

TELEFON: (03) 9413 0100

Chorshanba yoki juma

10:00 – 14:00

YOKI

Qochqinlarga maslahat va hayot sharoitlarini oʻrganish xizmati (Aust) Inc.

E-POCHTA: admin@racs.org.au

TELEFON: (02) 8355 7227

Agar siz Western Australiada yashasangiz:

Qochqinlar uchun huquqiy yordam markazi

E-POCHTA: refugeelegal@refugeelegal.org.au

TELEFON: (03) 9413 0100

Chorshanba yoki juma

10:00 – 14:00

Circle Green hamjamiyati huquqiy yordam markazi

E-POCHTA: migration@circlegreen.org.au

TELEFON: (08) 6148 3636

SHAXSAN:

Seshanba faqa 14:00 va 17:00 orasida quyidagi manzilda

Asylum Seeker Hub

Riverview Church

1 Thorogood Street

Burswood WA 6100

YOKI

Agar siz Avstraliyada qamoqda boʻlsangiz:

Boshpana soʻrovchilar resurs markazi

E-POCHTA: legal_triage@asrc.org.au

TELEFON: (03) 9274 9827

Dushanba yoki payshanba

14:00 – 16:00

Agar siz Queenslandda yashasangiz yoki yuqoridagi tashkilotlar savollaringizga javob bera olmasa, siz quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Slater and Gordon advokatlari

E-POCHTA: databreach@slatergordon.com.au

TELEFON: (03) 9602 8658

Qoʻshimcha ma’lumotlar

Agar bu masalada yana savollaringiz boʻlsa, siz AAKI ga quyidagi elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin: enquiries@oaic.gov.au.

Agar sizga AAKI dan ingliz tilidan boshqa tilda yordam kerak boʻlsa, iltimos, Tarjimonlik xizmatiga 131 450 raqami orqali qoʻngʻiroq qiling va quyidagi raqamni soʻrang 1300 363 992. Hozirgi kunda AAKI telefon orqali soʻrovlarni seshanba, chorshanba va payshanba kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha qabul qiladi.

Bepul tarjimonlik yordami

Vazirlik barcha xatlarning quyidagi 20 tilga tarjima qilinishini ta’minlaydi. Vazirlik jarayonning boshida ingliz tilidan boshqa tilda xat olishga xohishingiz borligini soʻrab aloqaga chiqadi.

Vazirlik shuningdek siz topshirgan har qanday ma’lumot quyidagi tillardan biridan ingliz tiliga tarjima qilinishini ta’minlaydi.

Vazirlik bu tarjimonlik xizmatlari uchun toʻlovlarni qoplaydi.